14:08 / 17.08.2015
13044

Rieltorlar Toshkentda uy narxining tushganligini e'tirof etmoqda

Toshkent shahrida uylarning narxi o‘tgan yilgiga nisbatan ancha tushdi. Bu haqda “Malohat Gulzori” rieltorlik tashkiloti direktori, O‘zbekiston rieltorlik tashkilotlari uyushmasi kuzatuv kengashi a'zosi Olga Suchkova ma'lum qildi.

“Agar o‘tgan yil bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, siz ko‘chmas mulk narxlari muayyan darajada tushganini sezgan bo‘lsangiz kerak, – dedi u. – Kuzga borib uy narxlari o‘zgarishi ehtimoli bor”.

Shu bilan birga, Suchkova buning aniq ko‘rsatkich emasligini ta'kidlab o‘tdi:
“Narxlarning oshishi yoki tushishi mavsumda ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab qay darajada oshishish bilan bog‘liq. Shunday ekan, bu aniq ko‘rsatkich emas”.

Top