22:50 / 17.08.2015
4049

Samsung Galaxy qatorini yangilagandan keyin aksiyalari 3,7 foizga tushib ketdi

Samsung kompaniyasi aktsyalari Galaxy Note 5 va Galaxy S6 edge+ smartfonlari namoyish qilingandan keyin 3,7 foizga tushib ketdi va o‘zining 10 oy davomidagi minimumiga erishdi. Bu haqda Bloomberg agentligi ma'lum qildi.

Ekspertlar taqdimot umidlarni puchga chiqarganini aytmoqdalar. Xususan, bu haqda Janubiy Koreyaning Dongbu Securities tahlilchisi aytdi. Uning aytishicha, smartfonlar daromadlarning pasayishini tuzatuvchi omil bo‘lishdan to‘xtaganlarini tan olish kerak.
Samsung daromadlari 5 chorakdan beri pasayishni namoyon qilmoqda. Joriy yilning 2-choragida kompaniya daromadlari yangi flagman qurilma Galaxy S6 ning bozorga chiqarilishidagi noto‘g‘ri baholash sababli pasayib ketgan.

Top