Texnologiya | 13:46 / 17.08.2015
3870
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 2017 yilda trotuarlarni tozalovchi ilk mashinalar paydo bo‘ladi

O‘zbekiston poytaxti Toshkentda 2017 yilda umumiy qiymati 566 mln so‘mni tashkil qiluvchi trotuarlarni tozalovchi uchta mashina paydo bo‘ladi, deb xabar bermoqda 12news.uz nashri.

Toshkent hokimiyati huzuridagi obodonlashtirish bosh boshqarmasi yo‘l parki tomonidan 2022 yilgacha shunday texnikadan 8 ta sotib olinadi.

Hukumat qarori bildan shahar hokimiyati ko‘rsatilgan davr mobaynida shahar byudjyeti mablag‘lari hisobidan umumiy qiymati 16,5 mlrd so‘mni tashkil qiluvchi (O‘zbekiston Markaziy bankining joriy kursi bo‘yicha 6,3 mln dollar) 121 ta muxsus transport texnikasi va mexanizatsiya vositalarini sotib oladi.

Shuningdek, har biri 210 mln so‘mdan turadigan 40 ta kombinirlangan mashina (qor kurovchi, suv quyuvchi-tozalovchi, qum sochuvchi) olish rejalashtirilgan. Bu mashinalardan 7 tasi 2016 yildayoq Toshkent bo‘ylab xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish