Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 23:35 / 17.08.2015
2603
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyalik yuguruvchi Asli Alptekin doping qo‘llagani uchun 2012 yilgi Olimpiada oltin medalidan mahrum etildi
Turkiyalik yuguruvchi Asli Chaqin Alptekin taqiqlangan vosita iste'mol qilgani uchun Londondagi 2012 yilgi Olimpiada oltin medalidan mahrum etildi. Lozannadagi sport hakamlik sudi shunday qarorga keldi.
Alptekin 1500 metrlik masofaga yugurishda oltin medal sohibi bo‘lgan edi.
Ushbu holat bo‘yicha tergov 2013 yilning mayida sportchining biologik pasportida shubhali ma'lumotlar aniqlangandan keyin boshlangan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish