15:53 / 17.08.2015
2993

Tyantszin bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari miqdori 1 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin

Xitoyning Tyantszin shahrida sodir bo‘lgan texnogen fojia oqibatida kompaniyalar va jismoniy shaxslarga to‘lanadigan sug‘urta miqdori 1-1.5 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
“Hali qoplanishi kerak bo‘lgan zararni hisoblashga erta, ammo fojia juda katta bo‘ldi, birlamchi zarar 1-1.5 mlrd dollarga baholanmoqda, ko‘plab sug‘urta kompaniyalari bu ishga aralashgan”, – dedi Credit Suisse tahlilichisi Arian vann Veyen.
Zurich va Allianz sug‘urta kompaniyalariga allaqachon mijozlar murojaat qilishni boshlagan.
Fojia qurbonlari soni 114 kishiga yetdi, 95 kishi dom-daraksiz ketgan deb hisoblanmoqda. 722 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Portlashlardan eng yirigining quvvati trotil ekvivalentida 21 tonnaga teng bo‘ldi.

Top