Jahon | 12:19 / 17.08.2015
3618
2 daqiqa o‘qiladi

Tyantszin hukumati: 700 tonna sianid natriy 100 ming kvadrat metrga tarqalgan

“Taxminan 700 tonna sianid 100 ming kvadrat metr hududga tarqalgan”, deya shahar hokimi o‘rinbosari so‘zlaridan iqtibos keltirdi markaziy Xitoy televideniyesi. Uning so‘zlariga ko‘ra, portlash 18 mingta konteynerni shikastlagan bo‘lib, ularning 1800tasida xavfli kimyoviy moddalar bo‘lgan.

Xitoy harbiylari ham voqea joyida bir necha yuz tonna sianid natriy borligini ma'lum qilgan edi. Shikast yetmagan bochkalar hodisa joyidan olib ketildi, qolgan o‘ta xavfli moddalar esa izolyatsiya qilingan.

Yakshanba kuni ofat ro‘y bergan hududga kelgan XXR Davlat kengashi rahbari Li Ketsyan hodisa yuzasidan ko‘p tomonlama tekshiruvlarni o‘tkazishni talab qilgan. “Barcha aybdorlar jazoga tortiladi”, deya ta'kidlab o‘tgan hukumat rahbari. Xitoylik amaldorning hodisa joyiga maxsus himoya liboslarisiz kelgani Tyantszinda yirik miqyosli zaharlanish xavfi mavjud emasligidan dalolab beradi.

“So‘nggi 24 soatda suv holatini monitoring qilish bo‘yicha yangi punktlar o‘rnatildi. Ularning aholi istiqomat qilmaydigan bittasidagina sianidvodorodli kislota miqdori oshgani kuzatildi”, dedi Tyantszin atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bosh muhandisi Bao Tszinlin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish