14:11 / 17.08.2015
3445

Tyantszinda Tianhe-1A superkompyuteri yana ishga tushirildi

Xitoyning Tyantszin shahridagi portlashlar oqibatida o‘chirib qo‘yilgan Tianhe-1A superkompyuteri yana ishga tushirildi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi ma'lum qildi.

Superkompyuter shahardagi omborxonada portlash yuz bergandan chamasi yarim soatdan keyin xavfsizlik nuqtai nazaridan qo‘l bilan o‘chirib qo‘yilgan. Portlash to‘lqini oqibatida simlar, superkompyuter joylashgan binoning oynalari, sovitish va elektr bilan ta'minlash tizimlari shikastlangan.

Superkompyuterning to‘xtatilishi shaharning moliya, savdo va meteorologiya axborot xizmatlarida nosozlikarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

Superkompyuter Tyantszindagi portlash sodir bo‘lgan joy yaqinida Milliy superkompyuter markazida joylayshgan.

Top