01:23 / 17.08.2015
2640

Vitaliy Denisov Rossiya Premer-ligasi hakamlaridan noroziligini bildirdi

Moskvaning “Lokomotiv” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Grozniy “Terek” klubiga qarshi uchrashuvga yakun yasadi. Uchrashuv 0:0 hisobi bilan yakunlandi.
“Biz 1-bo‘limga ozgincha tarqoq holda chiqdik. Keyinroq tezlikni oshira boshladik. Qandaydir yorqin ifodalanmagan uchrashuv bo‘ldi. Bir qarashda yaxshi harakat qilib, o‘yinni nazorat qildik... “Terek” o‘yinni ikkinchi raqamli jamoa bo‘lib boshladi. Biz barcha jihatda ustunlik qilishga, to‘pni hujumchilarga uzatishga harakat qildik, biroq 1-bo‘limda tarqoq harakat qildik.
2-bo‘limda tajovvuzkorroq, yorqinroq o‘ynay boshladik, to‘pni hujumchilarga yaxshiroq yetkazish, hududlarni qidirish, qanotlardan uzatma oshira boshladik. Bunga qo‘shimcha yana Shkuletich bilan yuz bergan vaziyat.
Hakam bu vaziyatda nima haqda o‘ylagani noma'lum. Bunga “Spartak” – TsSKA uchrashuvida oyoqlarga orqa tomondan tepish uchun 11 metrlik jarima tayilgan.
Agar “Zenit” o‘ynasa kichik to‘qnashuv, qandaydir vaziyat uchun penalti qo‘yiladi. Agar biz o‘ynasak qandaydir fikrlar boshlanadi. Bolalar bog‘chasi. Odamar qoidani xohlagancha ifodalaydilar. Bir vaziyatning o‘zi har xil talqin qilinadi, bahonalar qidirila boshlanadi. Bu shaxsan mening asabimga tegadi va xavotirlanadi” deb aytdi futbolchi.
“Lokomiv” va “Terek” o‘rtasidagi uchrashuvni Vladislavom Bezborodov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqargan edi.

Top