Jahon | 09:29 / 17.08.2015
2157
1 daqiqa o‘qiladi

XAMAS delegatsiyasi Misrda Isroil bilan muzokara olib boradi

Falastinning XAMAS harakati delegatsiyasi Isroil vakillari bilan tinchlik sulhi tuzish masalasini muhokama qilish uchun Misrga yo‘l oldi. Bu haqda G‘azo sektoridagi manbalariga tayangan holda Jerusalem Post nashri xabar berdi.

Delegatsiyaga XAMAS yetakchilaridan biri – Ismoil Xoniya boshchilik qiladi. Misrdan tashqari, delegatsiya Qatar va Turkiyada bo‘lishi kutilmoqda.

XAMAS a'zolari qaysi yo‘l bilan G‘azo sektoridan Misrga yetib borishi masalasi noma'lumligicha qolmoqda. “Misr rahbariyati XAMAS vakillarining Rafax chegara postidan o‘tishiga ruxsat bergan-bermagani ma'lum emas”, – deb yozadi gazeta.

Boshqa ma'lumotlarga qaraganda, delegatsiya Qohirada Isroil bilan tinchlik sulhini tuzish masalasini Misr razvedka boshqarmasi bilan muhokama qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish