Sport | 06:29 / 17.08.2015
1799
1 daqiqa o‘qiladi

“Augsburg” Babaning “Chelsi”ga transferini tasdiqladi

“Augsburg” klubi himoyachi Abdulla Babaning “Chelsi”ga o‘tishi bo‘yicha londonliklar bilan kelishuvga erishilganini ma'lum qildi. “Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyu Babaga “Atletiko”ga sotib yuborilgan Filipe Luis o‘rnini bosuvchi o‘yinchi sifatida qaramoqda.

Baba ““Augsburg”ga 2014 yilning avgustida “Groyter Fyurt”dan o‘tgan. Himoyachi yangi klubda 32 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish