“Atletik” 31 yil o‘tib yana Ispaniya Superkubogi sohibi bo‘ldi
“Barselona” va “Atletik” jamoalari “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan Ispaniya Superkubogi javob uchrashuvida 1:1 hisobida durrang natija qayd qilishdi. Bu durrang evaziga birinchi o‘yinda o‘z maydonida 4:0 hisobida g‘alaba qozongan bilbaoliklar 31 yil o‘tib yana Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritishdi.
1-bo‘limning oxirida Lionel Messi hisobni ochdi. Uchrashuvning 56-daqiqasida kataloniyaliklar ozchilik bo‘lib qolishdi: himoyachi Xerard Pike qo‘polligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. 74-daqiqada 1-uchrashuv qahramoni Arits Aduris hisobni tenglashtirdi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga yaqin qolganda kuchlar tenglashdi: endi “Atletik” Kike Solaning maydondan chetlatilishi tufayli o‘n kishi bo‘lib o‘ynashiga to‘g‘ri keldi.
“Atletik” bu g‘alabasi bilan tarixdagi ikkinchi Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Avval jamoa bu sovringa 1984 yilda ega chiqqan edi.
Ispanii Superkubogi. Final
Barselona (Barselona) – Atletik B (Bilbao) – 1:1
Gollar: Messi, 43 (1:0); Aduris, 74 (1:1).
Ogohlantirishlar: Rodriges, 45 – Boveda, 30; Eraso, 41; Aduris, 59; Benyat, 60.
Chetlatishlar: Pike, 56 – Sola, 86.