Jahon | 07:45 / 18.08.2015
2565
1 daqiqa o‘qiladi

“Boko Haram” jangarilari Chad sudi oldida javob beradi

Joriy yilning iyun oyida Chad poytaxti Njameneda bir qator teraktlarni amalga oshirishda gumon qilinayotgan “Boko Haram” radikal guruhi jangarilari sud oldida javob beradigan bo‘ldi. Bu haqda mahalliy sud organlariga iqtibos keltirgan holda France Presse axborot agentligi ma'lum qildi.

15 iyunda ekstremistlar Njamenedagi politsiya qarorgohi va harbiy o‘quv yurtiga hujum qilishgan. Hujum oqibatida 38 odam halok bo‘lgan va 100dan ortiq odam jarohat olgan edi.

Chad sudi oldida 10 kishi, jumladan teraktlarni rejalashtirish va amalga oshirishda gumon qilingan guruh rahbari ham javob beradi. Bu sud jarayoni Chadda “Boko Haram” jangarilari ustidan o‘tkaziladigan birinchi sud jarayoni bo‘ladi. Sudning boshlanishining aniq muddati ma'lum qilinmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish