Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aleks Sandro 22 mln yevro evaziga "Portu"dan "Yuventus"ga o‘tadi
"Portu"ning braziliyalik himoyachisi Aleks Sandroning "Yuventus"ga o‘tishi ehtimoli bo‘yicha yangi ma'lumotlar berildi.
Sky Sport Italia nashrida yozilishicha, turinliklar bu 24 yoshli futbolchining transferi uchun 22 mln yevro to‘lab, u bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Jamoa Sandroga yiliga 2,5 mln yevro maosh berishni mo‘ljallagan.
Manbada ma'lum qilinishicha, "Manchester Siti" Sandro uchun yaxshiroq taklif bilan chiqqan. Lekin inglizlar uni qishki transferlar vaqtida xarid qilishni ko‘zlagan. "Portu" esa bu futbolchisini tezroq pullashni istamoqda.
Ma'lumot uchun, Sandro o‘tgan mavsumda "Portu" bilan 28ta o‘yin o‘tkazgan va bitta gol urib, 3ta golli pas uzatgan.