Texnologiya | 02:01 / 18.08.2015
3435
1 daqiqa o‘qiladi

Android operatsion tizimining keyingi versiyasi Marshmallow nomini oladi

Android operatsion tizimining keyingi versiyasi Marshmallow (Zefir) nomini oladi. Bu haqda Android Developers’ning rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Yangi operatsion tizim 6.0 raqami bilan belgilanadi. Google operatsion tizimning nomini e'lon qilish bilan birga Android 6.0 SDK dasturchilari uchun instrumentariyni taqdim qildi va 23-versiyadagi API’ni e'lon qildi. Operatsion tizim qachon chiqarilishi ma'lum qilinmadi. 

Google kompaniyasi Android operatsion tizimining versiyalarini 1.5 Cupcake (Keks) versiyasidan boshlab alifbo tartibida keluvchi shirinliklar bilan nomlaydi. Operatsion tizimning birinchi ikki versiyasi Astroboy va Bender robotlari nomi bilan atalgan, biroq ushbu nomlar uchun mualliflik huquqlarining buzilishi tufayli qayta nomlangan edi. Bugungi kunda operatsion tizimning eng dolzarb bo‘lgan 5.x versiyasi Lollipop (Cho‘pli konfet) deb nomlanadi.     

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish