17:49 / 18.08.2015
2327

APL Mourinoni klub shifokoriga nisbatan qilgan qo‘polligi uchun jazolamaydigan bo‘ldi

Angliyaning «Chelsi» klubi shifokori atrofida bo‘lgan voqealar yuzasidan Angliya premer-ligasi ma'muriyati o‘z xulosasini bildirib o‘tdi.

«Sport-Ekspress»ning xorij matbuotiga asoslanib xabar berishicha, liga rahbariyati «Chelsi» bosh murabbiyi Joze Mourinoni shifokori Yeva Karneyroga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgani va uni klub o‘yinlaridan chetlatgani uchun jazolamaydigan bo‘ldi.

Liga bu klubning ichki muammosi ekanini va bunga aralashmasliklarini bildirib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, APL 1-tur doirasidagi «Suonsi»ga qarshi uchrashuv paytida Eden Azarga yordam ko‘rsatishga ketayotgan Karneyro va uning yordamchisi Mourino keraksiz vaqtda tibbiy yordam ko‘rsatishda ayblab qo‘pol so‘zlar bilan ularni haqoratlagandi.

Top