Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh yana 1 yoki 3 yil davomida internet ustidan nazoratni saqlab turadi
AQSh savdo vazirligi 2015 yilning 30 sentabridan internet infrastrukturasi ustidan nazoratni jahon hamjamiyatiga topshirish fikridan voz kechdi. The Wall Street Journal nashrining yozishicha, vazirlik domen ismlari va IP-manzillar boshqaruvi korporatsiyasi – ICANN bilan shartnomani yana 1 yilga uzaytiradi.
Bunday qarorga kelinishiga sabab sifatida ICANN funksiyalarini internet jamoatchiligiga topshirish bo‘yicha taklifning to‘la ishlab chiqilmagani ko‘rsatilmoqda.
Ilgari vazirlik internet nazoratini jahon hamjamiyatiga faqatgina internet jamoatchiligi, biznes va davlatlar manfaatlari e'tiborga olinadigan multisteykxolderizm (multistakeholderism) modeli asosida topshirishini ma'lum qilgan edi. AQSh hukumati, o‘z navbatida, nazoratning biror-bir xalqaro tashkilotga topshirilishi g‘oyasini qabul qilmadi.