20:09 / 18.08.2015
3753

Boeing suvosti kemasiga aylanuvchi dronga patent oldi

Joriy yilda avvalroq AQShning Patent byurosi Boeing kompaniyasidan “suq transportiga tez aylanuvchi havo kemasi”ga patent olish uchun ariza olgan edi. Boshqacha aytganda, Boeing suv osti kemasiga aylanuvchi masofadan boshqariluvchi dronga patent oldi. Quyida uning qanday ishlashi keltirib o‘tilgan.

Boeing g‘oyasiga ko‘ra, dron kerakli joyga maxsus samolyot-tashuvchida yetkaziladi. Shundan keyin dron undan ajralib, o‘zi mustaqil parvoz qilishda davom etadi. Bunda agar zaruriyat paydo bo‘lsa, u suv ostiga sho‘ng‘ishi mumkin bo‘ladi.

Dron vazni kamayishi va gidrodinamik xususiyatlari yaxshilanishi uchun suvga sho‘ng‘igandan keyin portlovchi boltlar va suvda eruvchi yelim hisobiga qanotlari va parraklaridan ayriladi. Ular o‘rniga suv ostida harakatlanish uchun propeller va rul paydo bo‘ladi.

Kompaniya vakillarining ta'kidlashicha, dron havoda ham, suvda ham bitta dvigateldan foydalanadi. Bu dvigatelning ko‘rsatkichlari oshkor qilinmayapti.

Dron suv ostida o‘zidagi foydali qurilmalar – ta'minlash jihozlari va qurolni yoza oladi. Bundan tashqari, drondan suv osti razvedkasida foydalanish mumkin. Dron suv osti rejimida sho‘ng‘ish chuqurligini nazorat qilish uchun ichki o‘rnatilgan ballast sisternalardan foydalanadi.

Dron suv ostida o‘z vazifasini bajargandan keyin suv yuzasiga qalqib chiqib, yiqqan ma'lumotlarini boshqa dronlarga yoki qo‘mondonlik punktiga uzatadi.

Ko‘pchilik patentlar kabi bu dron ham hozircha faqatgina qog‘ozdagi bir g‘oya bo‘lib, hali ro‘yobga chiqarilmagan. Biroq agar Boeing bu g‘oyasini oxirigacha puxtalik bilan yetkazib, uni ishlab chiqarishni boshlasa, unga albatta xaridorlar topilishi mumkin.

Top