Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qilindi. Bu haqda UzReport ma'lum qildi.
Respublika komissiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari va Toshkent shahrining energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalaridan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
Respublika komissiyasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
- yalpi ichki mahsulotning energiya sarfi hajmini qisqartirish;
- iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiyani tejaydigan texnologiyalar va tizimlarni joriy etish;
- faqat zamonaviy energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan texnologiyalar bazasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiyalashni davom ettirish yo‘li bilan ishlab chiqariladigan mahsulotning energiya sarfi hajmini pasaytirish;
- yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni va energiyani tejash dasturlarini ishlab chiqish va bajarish, korxonalar va tashkilotlarni xalqaro amaliyotga muvofiq energetik tekshirish;
- iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiyaning tiklanadigan manbalarini, shu jumladan quyosh energiyasidan foydalanishning sinab ko‘rilgan texnologiyalarini rivojlantirish, joriy etishni jadallashtirish va yana bir qator boshqa chora-tadbirlarni tashkil etish.