09:27 / 18.08.2015
4180

Farg‘onalik nogiron uyining buzilishidan noroziligini bildirmoqda

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani Qatag‘on qishlog‘ida yashovchi 2-guruh nogironi Karimberdi Mirzayev uyi buzilayotgani tufayli arz qilgan.

“Adodat ko‘zgusi” nashrida yozilishicha, oyog‘i va o‘ng qo‘li falaj fuqaroga tegishli uy yo‘l ustida bo‘lgani bois buzilishi kutilmoqda. Bag‘dod tumani hokimligi esa ushbu uy ta'mirlanayotgani haqida yozma ma'lumot bergan.

Ushbu holatga aniqlik kiritish uchun tuman hokimligi vakillari bilan muloqot qilishga urinishlar samarasiz yakunlangan: hokimlik mutasaddilari jurnalist bilan gaplashishdan qochmoqda.

Top