14:23 / 18.08.2015
2204

Gilem Balage: Pedroning "MYu"ga o‘tishi amalda hal qilib bo‘lingan

Ispaniyalik sport jurnalisti Gilem Balage "Manchester Yunayted" va "Barselona" Pedro Rodrigesning transferi masalasida olib borayotgan muzokaralari to‘g‘risida fikr bildirib o‘tdi.

"MYu"ning ijrochi direktori Ed Vudvord bugun "Barselona"ga uchadi va bu muzokarani davom ettiradi. Eshitishim bo‘yicha, tomonlar bu mavzuga shu haftada nuqta qo‘yishadi.

Mening tushunishim bo‘yicha, "MYu" Pedro bilan shartnoma tuzish masalasini hal qilib bo‘lgan. Inglizlar uning uchun "Barselona"ga 30 mln yevroni to‘lashigina qolgan. Bugungi muzokarada bu mablag‘ning qancha qismini qachon berish haqida gaplashiladi.

Demak, bu transferni amalga oshib bo‘lgan, deyish mumkin. Menimcha, "Barselona" oxirgi daqiqalarda qarorini o‘zgartirib, Pedroni olib qolishga harakat qilmaydi. Futbolchining o‘zi ham allaqachon ketishga qaror qabul qilgan", deydi Balage.

Top