20:46 / 18.08.2015
2429

Kerjakov “Sevilya”da menejyerlik amaliyotini o‘tamoqda

Sankt-Peterburgning “Zenit” futbol klubi hujumchisi, 32 yoshli Aleksandr Kerjakov Ispaniyaning “Sevilya” klubida 1,5 haftadan beri bosh murabbiy va sport direktori o‘zaro hamkorligining sir-asrorlarini o‘rganmoqda. Avvalroq “Zenit” bosh murabbiyi Andre Villash-Boash Kerjakovni klubning asosiy tarkibi bilan ishlashdan chetlatgan edi. Keyinroq klub futbolchiga sport direktori Xenk van Stey yordamchisi lavozimini egallashni taklif qilingan edi. Futbolchi bu taklifga rozilik berdi.

Yaqin orada Kerjakov sport faoliyatini tugatishini e'lon qilishi kutilmoqda.
“Zenit” va Rossiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar “Sevilya” safida 2007-2008 yillar davomida to‘p surgan.

Top