Sport | 10:13 / 18.08.2015
1946
2 daqiqa o‘qiladi

Luis Enrike: Ba'zan g‘alabaning qadrini his qilish uchun yutqazgan yaxshi

"Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya Superkubogi javob o‘yinidan o‘rin olgan “Atletik”ka qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Atletik”ni tabriklayman! Ular haqli ravishda g‘alaba qozonishdi. Biz ham yaxshi o‘yin namoyish qilayotgandik, ammo Pikening chetlatilishidan keyin uchrashuv biz uchun amalda yakunlandi.

G‘alaba qozonish bilan birga mag‘lubiyatga uchrashni ham bilish kerak. Ba'zan g‘alabaning qadrini his qilish uchun yutqazib turgan ham yaxshi.

Men o‘z ishimni davom ettirishni istayman. Bizda juda kuchli jamoa bor. Barcha ahil, bir maqsad yo‘lida birlashgan”, - deydi Enrike.

Eslatib o‘tamiz, 17 avgust oqshomida "Nou Kamp" o‘yingohida "Barselona" va "Atletik Bilbao" o‘rtasida kechgan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi va 2 uchrashuv natijasiga ko‘ra, "basklar" Ispaniya Superkubogiga ega chiqishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish