Jahon | 10:19 / 18.08.2015
3045
1 daqiqa o‘qiladi

Lyuk Besson studiyasi “Kursk” submarinasi haqida film suratga oladi

Taniqli fransiyalik rejissyor Lyuk Bessonga tegishli kinokompaniya Rossiyaning “Kurs” atom suv osti kemasi halokati haqida film suratga olmoqchi.
Variety nashrining ma'lum qilishicha, loyihaga rejissyor sifatida daniyalik Martin Zandvliyet, ssenariynavis sifatida esa Robert Rodat (“Oddiy askar Rayanni qutqarish”) taklif qilingan. Film Robert Murning A Time to Die asosida suratga olinadi.

K-141 “Kursk” atom suv osti kemasi 2000 yilning 12 avgust kuni Barents dengizida halokatga uchradi. Uning bortidagi 118 kishi halok bo‘ldi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, fojiaga torpedaning portlashi sabab bo‘lgan, u o‘z navbatida boshqa torpedalarning detonatsiyasiga sabab bo‘lgan va submarinaning bir qancha bo‘linmalarini vayron qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish