Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maradona qo‘li bilan urgan goli uchun 1986 yildagi uchrashuvni boshqargan hakamdan kechirim so‘radi
Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi va murabbiyi Diyego Maradona tunislik hakam Ali Bin Nosirdan uzr so‘radi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.
1986 yilgi jahon chempionati vaqtida aynan shu hakam Maradonaning chorak final doirasidagi Angliyaga qarshi uchrashuvda qo‘li bilan darvozaga urgan golini hisobga olgan va qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygandi.
«Janob, Bin Nosir uzrimni qabul qiling. Men u golni «Tangrining qo‘li» bilan kiritgandim», dedi Maradona Bin Nosir bilan uchrashuv chog‘ida.
O‘sha uchrashuvda Maradona ikkita to‘p kiritgan va Argentina 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyinchalik finalda GFR termasidan ustun kelgan hamda jahon chempionligini qo‘lga kiritgandi. Uchrashuvdan keyin mazkur bahsli golga izoh bergan Maradona golni «xudoning qo‘li» bilan urganini ta'kidlab o‘tgandi.