Jamiyat | 11:09 / 18.08.2015
4530
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada talonchilar o‘zbek tadbirkoridan 5 mln rublni o‘g‘irlab ketishdi

Moskvada 40 yoshli o‘zbek tadbirkorining Hyundai Solaris rusumli avtomobilidan 5 million rubl miqdordagi pulini o‘g‘irlab ketishdi. Moskva politsiyasining ma'lumotiga ko‘ra, jabrdiyda bu pulni avtomobil sotib olish uchun olib kelgan.

“Noma'lum shaxslar VAZ-2114 avtomashinasida Hyundai Solaris bilan kichik yo‘l harakati hodisasini uyushtirgan. So‘ngra “Lada”dagi uch erkak tushib kelgan va avtomobilning old oynasini sindirib, to‘pponcha bilan haydovchiga tahdid solgan holda haydovchidan 5 mln rubl solingan sumkani tortib olib, voqea joyidan yashirinishgan”, deyiladi Moskva politsiyasi press-relizida.

Bosqinchilik harakati yuzasidan jinoyat ishi ochilgan bo‘lib, jinoyatchilar shaxsini aniqlash va ularni qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish