Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy viloyatida “Tozalash – antiterror” tadbirlari o‘tkazilmoqda
Mustaqillikning 24 yillik bayrami oldidan Navoiy viloyatida 10 iyuldan 30 avgustga qadar “Tozalash – antiterror” maxsus profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda UzA nashrida yozilgan.
Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan viloyat miqyosida barcha hududlar, ayniqsa, chekka qishloq va ovullar, qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh tumanlarda tizimli turli profilaktik, keng tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Profilaktika ishlarida aholi xonadonlari, shuningdek, turli obektlar tekshirilyapti. Aniqlangan ayrim shubhali vaziyatlar darhol nazorat ostiga olinib, ayblanuvchi shaxslarga nisbatan zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
“Tozalash – antiterror” tadbiri davomida 1 ming 217 nafar shaxs ma'muriy javobgarlikka tortilib, fuqaroligi bo‘lmagan va viloyat hududida noqonuniy yashab yurgan fuqarolarga tegishli tartibda qat'iy qonuniy choralar ko‘rildi.