O‘zbekiston | 11:38 / 18.08.2015
1717
2 daqiqa o‘qiladi

Noyabr oyida O‘zbekistonga yaponiyalik sayyohlarning birinchi guruhi tashrif buyuradi

2015 yilning noyabr oyida yaponiyaliklar uchun birinchi tanishtiruv sayohatlari boshlanib, ularning birinchi guruhi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. 2016 yilning mart-aprel oylarida esa Yaponiyaning turli shaharlaridan mamlakatimizning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish istagidagi kunchiqar yurt fuqarolari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni tashkil etish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda Yaponiya sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi (JATA) rahbari o‘rinbosari J.Kukuma “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvda ma'lum qilgan.

“Uchrashuv qatnashchilari, shuningdek, yo‘lovchilarni Markaziy Osiyo davlatlariga doimiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshirib kelayotgan MAKning tranzit parvozlariga jalb etish masalasi ham muhokama qilindi”, deyiladi O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi press-relizida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy aviatashuvchisi Yaponiya poytaxti Tokio shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozni amalga oshiruvchi Markaziy Osiyodagi yagona aviakompaniya hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish