Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zpaxtasanoat» assotsiatsiyasi 40ta paxta zavodini qisman rekonstruksiya qiladi
2016-2019 yillarda «O‘zpaxtasanoat» assotsiatsiyasining 40ta paxta zavodida rekonstruksiya ishlari olib boriladi.
2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni strukturaviy qayta tashkil etish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish maqsadida tashkilotlarning 26,4 mln dollarlik shaxsiy mablag‘lariga moliyalashtirish manbasi sifatida qaralmoqda.
40ta paxta zavodining qisman modernizatsiya qilinishi paxta xomashyosini qayta ishlash hajmining 1,4 mln tonnaga qadar ortishiga xizmat qiladi.
«O‘zpaxtasanoat» assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistonda 98ta paxta zavodi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Andijon, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 10tadan, Buxoro viloyatida 9ta, Toshkent, Xorazm va Namangan viloyatlarida 8tadan, Samarqand va Farg‘ona viloyatida 6tadan, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6tadan paxta zavodi mavjud. Navoiy viloyatida esa 3ta zavod faoliyat ko‘rsatmoqda.