19:56 / 18.08.2015
6064

Sardor Rashidov: Futbolni oddiy muxlis sifatida kuzatish juda yoqimli

17 avgust kuni "Kamp Nou" o‘yingohida bo‘lib o‘tgan "Barselona" va "Atletik" jamoalari o‘rtasida Ispaniya Superkubogining ikkinchi uchrashuvini o‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov tribunadan turib tomosha qildi.

Avstriya yig‘ini yakunlangach, qisqa muddatli ta'tilga chiqqan “Al Jayish” a'zosi sports.uz nashriga o‘yin borasidagi taassurotlarini bildirgan.

"O‘yin juda ham ajoyib tarzda o‘tdi. “Barselona”ning o‘yinini yaqindan ko‘rish maqsadida bu yerga kelgan edim. Rostini aytsam, o‘yinni oddiy muxlis sifatida kuzatib rohatlandim. Stadiondagi atmosferani oddiy so‘zlar bilan ta'riflab berish qiyin. Muxlislar chindan o‘z sevimli klublarini qo‘llaridan kelgancha qo‘llab-quvvatlab turishdi. Menga ayniqsa, Messining o‘yini juda yoqdi. U chindan yuksak iqtidor egasi. “Barselona”ga esa negadir bu sovrin kerak emasdek tuyuldi. Balki shu boisdan kataloniyaliklar g‘alaba uchun ortiqcha jon kuydirmay o‘ynadi. Umuman olganda, o‘yindan taasurotlarim juda ajoyib. Muxlislik madaniyatiga qoyil qoldim", - deydi Rashidov.

Top