14:31 / 18.08.2015
3093

Surxondaryoda Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

Shu kunlarda Respublikamiz bo‘ylab kasb-hunar kollejlarida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashabbusi bilan “Shaxsiy biznesini boshlash uchun “Bir darcha” sayyor nuqtalari tashkil etish orqali Ochiq eshiklar kuni tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbir Surxondaryo viloyat Sherobod tumanida xam joriy yilning 13 avgust kuni tashkil etildi.

Jumladan tuman markazidagi agrosanoat, pedagogika va maishiy hizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, politexnika, transport va aloqa va iqtisodiyot kollejlarida bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan kasb-hunar kollej bitiruvchilarini ko‘llab-quvvatlashga qaratilgan mazkur tadbirda Tijorat banklari, Tuman Xokimligi, Soliq inspeksiyalari va mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari ham jalb qilindi.

Tadbirkorlik sub'yektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyasi xodimlari yoki yosh tadbirkorlarni soliqqa oid qonun qoidalar bilan tanishtirish bilan bir qotorda, ayni vaqtning o‘zida ularga identifikattsiya raqami (IIN)ni taqdim qilmoqda soliq tashkilotidan ro‘yxatdan o‘tib, kredit rasmiylashtirilgandan keyin yosh tadbirkorlarga Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi va Xalq banki xodimlari tomonidan mehnat daftarchalari va jamg‘arib boriladigan pensiya xisob raqami (INPS) berilmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra tashkil etilgan tadbirga 13 avgust kunida 1800 nafarga yaqin bitiruvchilar tashrif buyurib shundan 300 nafardan ortiqroq kollej bitiruvchilari kredit olish istaklarni bildirib, ularni masalalari shu yerning o‘zida hal etish choralari ko‘rildi.

Shuningdek tadbir davomida o‘z biznes faoliyatini boshlovchi bo‘lajak tadbirkorlar shu yerning o‘zida tashkil etilgan mini-texnalogiyalar yetkazib beruvchi tadbirkorlar bilan asbob-uskunalar bo‘yicha shartnomalar imzoladilar.

Bundan tashqari Sherobod tumani misolida joriy yilning 18-20 avgust kunlari viloyatning barcha tuman (shahar)laridagi barcha kasb-hunar kollejlarida tashkil etilishi belgilab olindi.  

Top