Jamiyat | 19:19 / 18.08.2015
2556
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik bola 16 metrlik sharsharadan yiqilgandan keyin omon qoldi

Xitoyda bir o‘g‘il bola 16 metrlik sharsharadan yiqilgandan keyin omon qoldi. Bu haqda The South China Morning Post nashri xabar bermoqda.

Voqea Guychjou viloyatining Bitsze shahrida ro‘y berdi. Ismi aytilmayotgan bola do‘stlari bilan daryo bo‘yida o‘ynab yurganda, daryo ustidan yugurib o‘tayotganda muvozanatini yo‘qotib qo‘ygan. Oqibatda tez oqim uni pastroqdagi sharsharaga oqizib ketgan.

Bola sharsharaga yiqilayotib yo‘lda chiqib turgan toshni ushlab olib, unga tortilib chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan va shu yerda politsiyachilar kelishini poylab o‘tirgan. Politsiyachilardan biri arqonda pastga tushib, bolani tepaga olib chiqqan. Bola jarohat olganmi-yo‘qmi ma'lum qilinmagan.

Guychjou viloyati Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, uning katta qismini tez oquvchi irmoqlar boy tog‘lar egallagan. Viloyatda 29 ta qo‘riqxona va tabiat bog‘lari joylashgan. Viloyat o‘zining minorasimon karstdan iborat tog‘lari, g‘orlari va ko‘llari bilan dong taratgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish