18:13 / 18.08.2015
2794

Yaponiya va Rossiya yetakchilari Pekinda uchrashishi mumkin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe sentabr oyining boshida Xitoyda uchrashishi mumkin, deb xabar beradi Interfaks agentligi.

Aytilishicha, ikki davlat rahbarlari Xitoy xalqining Yaponiya ustidan g‘alabasining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalarda ishtirok etadi. Ushbu tashrif doirasida ular o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi mumkin.
Shuningdek, Abe Pekinda XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashadi.

Top