Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Bashar Asadning Suriya prezidentligidan ketishini talab qilishda davom etmoqda
AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati boshlig‘i Jon Kirbining ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Bashar Asadning Suriya rahbarligidan ketishi kerak, deb hisoblaydi. TASS nashrida yozilishicha, AQSh Suriyada hukumat boshqa siyosiy kuchlar qo‘liga o‘tishini xohlaydi.
"AQShdagilar bu borada yon berishni rejalashtirmagan. Bizning Bashar Asad bo‘yicha qarashlarimiz o‘zgarmaydi. U Suriyaning kelajagida bo‘lmasligi kerak", deydi Kirbi.
Uning qayd etishicha, AQSh davlat kotibi Jon Kerri biroz oldinroq, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov hamda Saudiya Arabistoni TIV rahbari Odil al-Jubayr bilan uchrashuvi chog‘ida Suriyadagi siyosiy tanglik holatini muhokama qilgan. Shuningdek, Jon Kerri Bashar Asadning ketishi kerakligi haqida o‘z hamkasblari bilan telefon orqali muloqotlari chog‘ida ham qayta-qayta takrorlagan.