Jahon | 17:53 / 19.08.2015
7119
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning xususiy razvedkasi Rossiyada “qora avgust sindromi”ni kuzatdi

Stratfor xususiy razvedka va tahlil agentligi mutaxassislarining fikricha, Rossiyada yana “qora avgust sindromi” boshlanmoqda.
Hisobotda qayd qilinishicha, 2015 yil avgustida kutilmagan voqealar ro‘y berishi mumkin.

Eslatib o‘tilishicha, Rossiyaning zamonaviy tarixidagi ko‘plab fojiali voqealar avgust bilan bog‘liq: 1991 yili Rossiyada avgust putchi bo‘ldi, 1998 yilnign shu oyida defolt sodir bo‘ldi, 1999 yil avgustida chechenistonlik jangarilar Dog‘iston hududiga bostirib kirishdi, 2000 yil Moskvadagi yer osti yo‘lida terakt sodir bo‘ldi,

Barents dengizida “Kursk” submarinasi cho‘kib ketdi, 2008 yili esa Gruziya bilan besh kunli urush bo‘ldi.
“Hozir rossiyaliklar biror yomon narsa sodir bo‘lishidan qo‘rqib turibdi”, – ta'kidlanada hisobotda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish