Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arzon iPhone 6c iPhone 6s bilan bir paytda sotuvga chiqadi
Apple kompaniyasi iPhone 6s smartfoni bilan birga arzon narxdagi versiya – iPhone 6c ni ham sotuvga chiqarmoqchi. Bu haqda International Business Times nashri xabar bermoqda.
Foxconn kompaniyasi vakilining ma'lum qilishicha, yangi smartfon 5 dyuymli sensorli ekranga va 8 megapikselli kameraga ega bo‘ladi.
Bu model kompaniyaga Osiyoning rivojlanayotgan bozorlaridagi talabni qondirishga yordam beradi, negaki ushbu bozorlarda yirik displeyli apparatlar qadrlanadi.
Smartfonlar savdosi AQSh, Britaniya, Germaniya va Yaponiyada 18 sentabrdan boshlanadi.