Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:45 / 19.08.2015
3516
1 daqiqa o‘qiladi
YeXHT Kiyevni front oldi qishloqlariga kirishga to‘sqinlik qilishda ayblamoqda
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Ukrainadagi Maxsus monitoring missiyasi rahbari Aleksandr Xug Kiyev YeXHT inspektorlarining Donbasdagi front oldi qishloqlariga kirishlariga to‘sqin qilayotganini ma'lum qildi.
“Biz ukrain blokpostlarida muammolarga duch kelayapmiz. Ular qishloqlarga o‘tkazishmayapti”, dedi u.
Bundan avvalroq ham Ukrainda YeXHT Maxsus monitoring missiyasi vakillari turli qo‘rquvlar ostida qolayotgani xabar qilingan edi.