Jahon | 10:09 / 19.08.2015
2846
1 daqiqa o‘qiladi

General Motors faralarida muammo topilgan 180 ming avtomobilni ta'mirlab beradi

AQShning General Motors kompaniyasi Shimoliy Amerika bozoriga chiqarilgan 180 ming avtomobilni qaytardi. Aytilishicha, ularning yoritish tizimida nuqsonlar borligi aniqlangan.

Servis aksiyasi 2005 va 2007 yillarda AQShda chiqarilgan Buick Lacrosse va Pontiac Grand Prix, shuningdek, 2005 yili Kanadada sotilgan Buick Allure avtomobillarini qamrab oladi.

Mashinalarning yoritish tizimidagi muammo old faralarning to‘satdan o‘chib qolishiga olib kelishi mumkin. Ammo hozircha bu nosozlik bilan bog‘liq birorta voqea qayd qilinmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish