Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Intel kompyuterni ovoz buyruyg‘i yordamida ishga tushira oladigan protsessorni namoyish qildi
Intel kompaniyasi IDF anjumanida kompyuterni ovoz buyrug‘i yordamida ishga tushira oladigan yangi Skylake protsessorining imkoniyatlarini namoyish qildi. Bu haqda Gizmodo ma'lum qilmoqda.
Kompaniya kompyuterning Cortana, wake up (“Uyg‘on Kortana”) buyrug‘i bilan ishga tushishini namoyish qildi. Funktsiyaning ishlashi uchun yangi protsessorga o‘rnatilgan o‘ta kam energiya iste'mol qiluvchi maxsus modul ishlatiladi.
Bu modul deyarli qurilmaning batareyasi quvvatiga ta'sir ko‘rsatmay mikrofonni hamisha yoqiq holda ushlashga imkon beradi. Uning dastlabki versiyasi 2014 yilda namoyish qilingan Intel Core M protsessorlariga o‘rnatilgan edi, biroq tizimlar bu texnologiya bilan o‘zaro ishlay olmagan.