O‘zbekiston | 18:34 / 19.08.2015
3170
1 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodiy tadqiqotlar markazi Milanda O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi siyosatini namoyish qildi

2015 yilning 8-14 avgust kunlari Italiyaning Milan shahrida qishloq xo‘jaligi iqtisodchilarining xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan 29- “aloqador dunyoda qishloq xo‘jaligi” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

“O‘rta Osiyoda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va ta'minlanganligi” sessiyasi doirasida Iqtisodiy tadqiqotlar markazi “Oziq-ovqatlar xavfsizligi 2030: mavjudlik, yo‘l va me'yorlashtirilgan oziqlanish” mavzusida ma'ruza qildi.

Konferentsiya maqsadi — oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash masalalarini muhokama qilish, qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash, iqlim o‘zgarishlari va xalqaro savdo sotiqqa moslashtirishdan iborat.

Iqtisodiy tadqiqotlar markazi koordinatori K.Muhamedxanovaning qayd etishicha, uch yilda bir marotaba o‘tkaziluvchi mazkur konferensiya qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat siyosati, iqlim o‘zgarishlari masalalariga oid zamonaviy usullarni tadqiq qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish