13:59 / 19.08.2015
8272

"IShID" jangarilari 84 yoshli arxeologni qiynoqlardan so‘ng qatl qilishdi

“Islom davlati” ektremistik guruhi (IShID) jangarilari kecha, 18 avgust kuni Suriyaning Palmira shahridagi qadimiy majmua bosh nozirini qatl qilishdi, deya xabar tarqatdi Reuters.

O‘ldirilgan Xaled Asaad qarindoshlarining aytishicha, Palmirada 50 yildan ziyod ishlagan 84 yoshli arxeologning jasadini jangarilar qadimiy shaharning markaziy xiyoboniga olib kelishgan. Vafotiga qadar arxeolog so‘rovlar vaqtida qiynoqqa solingan.

Asaad uzoq yillar mobaynida yevropalik hamkasblari bilan Palmira shahrida arxeologik qazuvlarni olib borgan, ko‘plab asarlar muallifi hisoblanadi.

2015 yil may oyida Palmira "IShID" jangarilari qo‘liga o‘tishidan avval Suriya hukumati yuzlab qadimiy haykallar xavfsiz hududga olib ketilganini ma'lum qilgan edi.

Top