21:29 / 19.08.2015
1906

Ispaniyalik Michel “Marsel” klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi

Ispaniyalik Xose Michel Fransiyaning “Marsel” klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
“Michel “Olimpik”ka o‘zining yordamchilari bilan muxlislar uchun jozibador futbol taklif qilish ishtiyoqi bilan kelmoqda” deb aytilmoqda xabarda.
Avgust boshida “Marsel”ning endilikda sobiq bosh murabbiyi argentinalik mutaxassis Marselo Belsa klubni o‘z istagi bilan tark etgan edi.
Avvalroq Michel Gretsiyaning “Olimpiakos” klubiga murabbiylik qilgan. U klubni yanvarda tark etgan. Gretsiyada mutaxassis grek klubini 2013 va 2014 yillarda chempionlikka olib keldi va bir marotaba Gretsiya kubogini (2013) yutdi.
“Marsel” bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlar orasida Moskvaning “Spartak” klubining sobiq bosh murabbiyi Murat Yakin nomi ham tilga olinayotgan edi.
Xose Michel 1982-1996 yillar davomida Madridning “Real” klubi va Ispaniya terma jamoasi safida yarimhimoyachi sifatida to‘p surgan. Sobiq futbolchi qirollik klubi safida olti karra Ispaniya chempioni, ikki karra Ispaniya kubogi, uch marta Ispaniya superkubogi va ikki marta UYeFA kubogi sohibi bo‘lgan.

Top