Sport | 20:27 / 19.08.2015
3304
1 daqiqa o‘qiladi

Jyeparov “Ulsan Xyunday”da asosiy tarkibga qaytishini gol bilan nishonladi

19 avgust kuni Janubiy Koreya “K-liga”sida 26-tur uchrashuvlariga start berildi.

Bugun Server Jyeparov faoliyat olib borayotgan “Ulsan Xyunday” jamaosi o‘z uyida musobaqa jadvalining uchinchi pog‘onasida borayotgan “Pohang Stilers”ga qarshi bahs yuritdi.

Qiziqarli ruhda o‘tgan mazkur bellashuv yakunida 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. E'tiborli jihati mazkur bellashuvda “Ulsan” tomonidan kiritilgan yagona golga O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchisi mualliflik qildi. So‘nggi uchrashuvlarda maydonga tushmayotgan Server qaytishini shu tariqa gol bilan nishonladi.

26-turdan so‘ng “Ulsan Xyunday” 26 ochko bilan musobaqa jadvalining 10-pog‘onasini band etib turibdi. Jamoa endi keyingi o‘yinini 22 avgust kuni “Suvon”ga qarshi mehmonda o‘tkazadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish