Jahon | 09:08 / 19.08.2015
2643
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada “o‘pkasini bosolmaydigan” haydovchilarga qarshi kurash markazi ishga tushadi

Moskva politsiyasida yo‘llardagi “o‘pkasini bosolmaydigan” haydovchilarga qarshi kurash olib boradigan maxsus rota paydo bo‘ladi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya Gazeta” nashri. Bu haqda IIVning poytaxt boshqarmasi rahbari, politsiya general-leytenanti Anatoliy Yakunin ma'lum qilgan.

«Maxsus qism transport vositalari oynasini qoraytirib oladigan, belgilangan tezlikni oshiradigan, soxta raqamli avtomobilda harakatlanadigan haydovchilarga qarshi kurash olib boradi”, – deydi Yakunin.

Uning qayd etishicha, politsiya maxsus rotasi tezyurar avtomobil va mototsikllarda harakatlanadi. Bundan tashqari, maxsus qismlarning har bir ekipaji ikki nafardan “OMON” askarlari bilan kuchaytiriladi.

Rota shaharning turli tumanlarida “erkin tartib” asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ularning vazifasiga giyohvand moddalar, qurol-yarog‘ va boshqa jinoyatlarda gumon qilingan shaxslarni tutish ham kiradi.

Huquqni muhofaza qilish organlari vakillarining ma'lumotlariga ko‘ra, 100 kishidan iborat yangi tuzilma maxsus vazifalarni bajaruvchi batalon tarkibiga kiradi va Skoda Octavia avtomobillari bilan ta'minlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish