Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"MYu" YeChLning pley-off bosqichida dastlabki o‘yinni ishonchli g‘alaba bilan yakunladi
18 avgust oqshomida Yevropa Chempionlar ligasi saralashining 4-bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda "Manchester Yunayted" klubi "Bryugge"ni qabul qildi va ishonchli g‘alabaga erishdi.
Mankunianliklar avvaliga Kerrikning avtogoli evaziga qiyin ahvolga tushib qolsada, birinchi bo‘limning o‘zida Depay ikkita gol urib, vaziyatni o‘nglashga muvaffaq bo‘ldi. Fellayni so‘nggi daqiqada kiritgan uchinchi to‘p esa "MYu"ga javob o‘yini oldidan ishonchli g‘alaba taqdim etdi.
Kecha shuningdek, Qozog‘istonning "Astana" jamoasi o‘z uyida Kiprning APOEL jamoasini 1:0 hisobida yengdi. Moskvaning TsSKA jamoasi esa safarda Portugaliyaning "Sporting" jamoasidan 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
18 avgustga belgilangan o‘yinlarda BATE Serbiyaning "Partizan" jamoasini, "Latsio" esa "Bayyer"ni 1:0 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi.
Manchester Yunayted (Angliya) – Bryugge (Belgiya) 3:1 (2:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 8, avtogol Kerrik, 1:1 – 13 Depay, 2:1 – 43 Depay, 3:1 – 90 Fellayni.
Manchester Yunayted – Romero, Smolling, Shou, Darmian, Blind, Kerrik (Shvaynshtayger, 46), Shnayderlin, Yanuzay (Ernandes, 72), Mata, Depay, Runi (Fellayni, 84).
Bryugge – Brutstseze, Duarte, Mexele, De Bok, Bolingoli-Mbombo, Vormer, Simons (Klaudemir, 40), Vaskes (Vanaken, 78), Kols, Dirks, Diabi (Ulare, 56).
Ogohlantirishlar: Bolingoli-Mbombo (25), Darmian (50), Mexele (73), Smolling (81), Vormer (90).
Chetlatish: Mexele (80).
Astana (Qozog‘iston) – APOEL (Kipr) 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 13 Jo‘lchiyev.
Astana – Erich, Ilich, Anichich, Postnikov, Maksimovich, Shomko, Kanyas, Ketevoama (Mujikov, 90), Jukov (Beysebekov, 85), Jo‘lchiyev, Nuserbayev (Kalondji, 68).
APOEL – Vaterman, Antoniadis, Serjiu, Karlao, Astits, Efrem (Shtilich, 63), De Vinsenti, Makridis (Soteriu, 85), Moraish, Aleksandru (Pentkovski, 46), Leal.
Ogohlantirishlar: De Vinsenti (14), Shomko (78).
Sporting (Portugaliya) – TsSKA (Rossiya) 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 12 Guterres, 1:1 – 40 Dumbiya, 2:1 – 82 Slimani.
Sporting – Ruy Patrisiu, Joau Pereyra, Jyefferson, Naldo, Paulu Oliveyra, Adriyen Silva, Joau Mariu (Karlush Mane, 76), Karrilo, Ruis (Akvilani, 65), Slimani, Guterres (Jyelson Martinsh, 76).
TsSKA – Akinfeyev, Ignashevich, Berezutskiy, Fernandes, Nababkin (Berezutskiy, 90), Yeremenko, Dzagoyev, Vernblum, Toshich (Milanov, 79), Dumbiya (Natxo, 89), Musa.
Ogohlantirishlar: Guterres (23), Jyefferson (26), Vernblum (28), Joau Pereyra (47), Slimani (56), Fernandes (61), Dumbiya (70).
BATE (Belarus) – Partizan (Serbiya) 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 75 Gordeychuk.
BATE – Chernik, Javnerchik, Polyakov, Mladenovich, Volodko (Stasevich, 64), Gordeychuk, Yablonskiy (Signevich, 71), Aleksiyevich, Gleb (Baga, 86), Milunovich, Rodionov.
Partizan – Jivkovich, Fabrisio, Vulichevich, Petrovich, Balajits, Babovich, Brashanats, Yevtovich, Jivkovich (Ilich, 89), Bojinov (Truyich, 54), Umaru.
Ogohlanirishlar: Yevtovich (21), Gordeychuk (44), Javnerchik (90).
Chetlatish: Yevtovich (45).
Latsio (Italiya) – Bayyer (Germaniya) 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 77 Keyta.
Latsio – Berisha, Maurisio, de Vrey (Xentiletti, 89), Basta, Lulich, Parolo, Bigliya, Kandreva, Onazi (Milinkovich-Savich, 53), Felipe Anderson, Kloze (Keyta, 46).
Bayyer – Leno, Ta, Vendell, Xilbert, Papadopulos, Belarabi, Kramer, Bender, Chalxanoglu (Brandt, 84), Kissling (Kruz, 90), Son Xin Min (Mehmedi, 46).
Ogohlantirishlar: Kissling (20), Leno (31), Vendell (36), Maurisio (49), Milinkovich-Savich (82), Papadopulos (82).
19 avgust kuniga Skenderbeu (Albaniya) va Dinamo Z (Xorvatiya), Seltik (Shotlandiya) va Malmyo (Shvetsiya), Bazel (Shveytsariya) va Makkabi T-A (Isroil), Rapid (Avstriya) va Shaxtyor (Ukraina) hamda Valensiya (Ispaniya) – Monako (Fransiya) o‘yinlari belgilangan.
Javob uchrashuvlari 25-26 avgust kunlari o‘tgaziladi.