16:03 / 19.08.2015
2342

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi O‘quv markazida haftalik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi O‘quv markazida 2015 yilning 17 avgustidan Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasining tuman va shahar kengashlari raislari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

«Kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini Ustav talablari va me'yoriy hujjatlar asosida tashkil etish asoslari» mavzuidagi mazkur o‘quv dasturida tinglovchilar mehnat qonunchiligi va ijtimoiy-mehnat munosabatlari, milliy va xalqaro mehnat standartlari, ijtimoiy sheriklik asoslari kabi yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirmoqdalar.

O‘quv dasturi doirasida mamlakatimizdagi barqaror rivojlanish va farovon hayotimiz omili bo‘lgan islohotlar va Davlat dasturlarining mazmun-mohiyati, ularning bugungi kundagi samarasiga bag‘ishlangan muloqotlar uyushtirildi.

 

 

Top