Jahon | 18:45 / 19.08.2015
3577
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik shou-biznes yulduzlari “Rus radiosi”ga boykot e'lon qilib, o‘z radiolarini tashkil qilmoqchi

Rossiyalik shou-biznes vakillari “Rus radiosi”ga boykot e'lon qilmoqchi. Bu haqda «Govorit Moskva» radiosi prodyussori Iosif Prigojin ma'lum qilgan.

Prigojinning ta'kidlashicha, san'atkorlar efir orqali o‘z qo‘shiqlariga izoh berishga tayyor. Bundan tashqari, ular “Oltin grammofon” tanlovida qatnashishdan bosh tortib, o‘z radiostansiyasini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rishmoqchi. Badiiy kengash tarkibiga esa Filipp Kirkorov, Alla Pugachyova, Valeriya, Kristina Orbakayte va boshqalar kirishi aytilgan. Yangi stansiya formatini ijrochilarning o‘zlari belgilashadi.

San'atkorlar “Rus radiosi”ni Sergey Arxipov tark etib, uning o‘rniga Sergey Kojyevnikov egallaganidan so‘ng shunday qarorga kelishgan. Mediamenejyer esa lavozimidan bo‘shashiga radio dasturiy siyosatiga bir qator amaldorlarning aralashuvi sabab bo‘lganini aytib o‘tgan.

Arxipov so‘zlariga ko‘ra, «Goskonsert» rahbari Sergey Bunin undan efirdagi barcha “eski qo‘shiq”larni olib tashlashni talab qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish