Texnologiya | 20:55 / 19.08.2015
2344
1 daqiqa o‘qiladi

Tencent kompaniyasi Kik messenjeriga 50 mln dollar investitsiya kiritadi

Xitoyning Tencent kompaniyasi Kanadaning o‘smirlar uchun mo‘ljallangan Kik messenjeriga 50 mln dollar investitsiya kiritadi, deb xabar bermoqda South China Morning Post nashri.
Xitoy kompaniyasining investitsiyalari evaziga Ontariodagi Vaterloo universiteti talabalari tomonidan yaratilgan messenjerning bahosi 1 mlrd dollarni tashkil qildi.
Kik messenjeri Xitoyning yirik QQ va WeChat mobil messenjerlariga egalik qiluvchi Tencent resurslari evaziga Facebook’ga tegishli WhatsApp va Snapchat messenjerlariga raqobat tashkil qila oladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish