Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bouling bo‘yicha XIII O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi
Toshkentdagi “Samarkand Darvoza” savdo-ko‘ngilochar markazida joylashgan “The Bowler” klubida 20-22 avgust kunlari har yilgi 10 kegelli sport boulingi bo‘yicha XIII O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa qoidalariga ko‘ra, unda 30 nafar boulingchi ishtirok etadi. Ulardan 16 nafari Toshkentda iyunda bo‘lib o‘tgan chempionatning erkaklar o‘rtasidagi eng yaxshi o‘yinchilari va ayollar o‘rtasidagi 6 nafar eng yaxshi o‘yinchilarini tashkil qiladi. Ulardan tashqari, musobaqalarda Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida shunday musobaqalarda eng yaxshi ko‘rsatkich ko‘rsatgan viloyatlardan 8 nafar eng yaxshi o‘yinchi ishtirok etadi.
Musobaqa g‘oliblari AQShning Las-Vegas shahrida joriy yilning 13-20 noyabr kunlarida bo‘lib o‘tadigan 51-Jahon kubogi QubicaAMF’da O‘zbekiston nomidan ishtirok etishadi.
