19:07 / 19.08.2015
3501

Toshkentning botanika bog‘ida ekologik aksiya o‘tkazildi

Toshkent shahridagi botanika bog‘ida mustaqillikning 24 yilligiga bag‘ishlangan “Inson salomatligida sog‘lom muhitning ahamiyati” shiori ostida matbuot anjumani va ekologik aksiya tashkil etildi.

Oliy Majlis Qonunchilik Palatasidagi Ekoharakat deputatlari guruhi va O‘zbekisto ekologik harakati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, sportchilar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari Ekoharakatning 2008 yildan buyon sohada olib borayotgan ishlari bilan tanishtirildi.

Shuningdek, tadbir doirasida bog‘ hududida obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Top