06:27 / 19.08.2015
2374

Ukraina davlat kompaniyalarining ziyonlari 4,5 mlrd dollardan oshib ketdi

Ukraina davlat korxonalari faoliyatining nosamaradorligi mamlakat hukumatining ko‘plab korxonalarni xususiylashtirishga majbur qilmoqda, deb ma'lum qilmoqda UNIAN agentligi.

Ukraina iqtisodiy rivojlanish vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning 30 ta yirik davlat kompaniyasining 2014 yildagi ziyonlari 100 mlrd grivnani (4,54 mlrd dollarni) tashkil etgan. Shu bilan birga davlat kompaniyalaridan byudjyetga tushgan dividend foizlar 1,2 mlrd grivnani tashkil etgan.  

“2014 yilda 30 ta yirik davlat korxonasi dividend sifatida mamlakat byudjyetiga 1,2 mlrd grivna o‘tkazib berdi. Vaholanki ular davlat byudjyetidan subsidiya ko‘rinishida 13 mlrd grivna va soliq imtiyozlari olgan”, deb ta'kidlanmoqda vazirlikda. 

Top